Blinken: AQSh Rossiyaning «g‘alla bitimi» bo‘yicha qaroridan afsusda
«Rossiya hukumatining oziq-ovqat mahsulotlarini qurolga aylantirishi millionlab odamlarga zarar yetkazmoqda», dedi AQSh davlat kotibi.

Foto: Alex Edelman | Pool | AFP | Getty Images
AQSh Rossiyaning Qora dengiz g‘alla tashabbusi (QG‘T)dagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yish qaroridan «chuqur afsusda». Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning 17 iyul, dushanba kuni bergan bayonotida aytiladi.
«Rossiya hukumati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini qurolga aylantirish davom etayotgani butun dunyo bo‘ylab millionlab zaif odamlarga zarar yetkazmoqda», dedi AQSh diplomatiyasi rahbari.
Rossiyaning da’volariga qaramay, BMT Moskvadagi har qanday xavotirga oydinlik kiritish uchun xususiy sektor, shuningdek, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya bilan ishlab, «Rossiya oziq-ovqat eksportini rekord darajada oshirishga» yordam berdi, dedi Blinken. G7 sanksiyalari Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘it eksportiga taalluqli emas, deya ma’lum qildi Vashingtonda.
Qo‘shma Shtatlar «g‘alla bitimi»ni uzaytirish, Ukraina va Rossiya g‘allasini jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha olib borayotgan ishlari uchun BMT va Turkiyadan minnatdor.
«Biz Rossiya hukumatini o‘z qarorini bekor qilishga, muzokaralarni davom ettirishga va «Ukraina doniga qaram bo‘lgan millionlab odamlar» manfaati uchun QG‘Tni darhol uzaytirish, kengaytirish va to‘liq amalga oshirishga chaqiramiz», deya qo‘shimcha qildi Entoni Blinken.
17 iyul kuni Rossiya RF, Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida Kiyevga o‘zi nazorat qiladigan Qora dengiz portlaridan don eksport qilish imkonini beruvchi «g‘alla bitimi»ni bekor qilganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
-
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
Fan-texnika | 22:14
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
Jamiyat | 22:10
Mavzuga oid

20:55
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

16:51
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi

13:15