«Qora dengiz taşabbusi» 18 iyuldan boşlab öz faoliyatini töxtatadi, Ukraina ğallasi yuklangan kemalarni tekşiruvçi Istanbuldagi qöşma muvofiqlaştiriş markazi tarqatib yuboriladi», deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya şuningdek, kemalar harakati xavfsizligi kafolatlarini bekor qildi va Qora dengizning şimoli-ğarbiy qismidagi dengiz humanitar yölagini yopişni rejalaştirmoqda.

Kreml avvalroq, Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz portlari orqali eksport qiliş imkonini beruvçi ğalla kelişuvni körib çiqiş uçun muzokaralar stoliga Moskva talablari qondirilsagina qaytişini ma’lum qilgan edi.

«Qora dengiz kelişuvining Rossiyaga tegişli qismi bandlari bajarilişi bilanoq, Rossiya darhol uşbu kelişuvni amalga oşirişga qaytadi», degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning sözlariga köra, ğalla bitimi böyiça pozitsiya Moskva tomonidan Qrim köprigiga hujum sodir bölişidan oldin e’lon qilingan va 17 iyulga ötar keçasi sodir bölgan voqealarning şartnoma faoliyati tugatilişiga boğliqligi yöq.

Rossiya hukumati haqiqatan ham uzoq vaqtdan beri 2022 yilning 22 iyulida kelişilgan «Qora dengiz ğalla taşabbusi»dan çiqiş bilan tahdid qilib, kelişuv şartlari böyiça Rossiyaga berilgan va’dalar bajarilmayotganini ta’kidlab keladi.

Turkiya, Ukraina rasmiylari va BMT vakillari bitimni saqlab qoliş uçun çiqiş qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 17 iyul kuni Putinda hali ham kelişuvni uzaytiriş istagi bor deb hisoblaşini aytdi.

«Bugungi bayonotga qaramay, menimça döstim... Putin bu humanitar koridor (faoliyati) davom etişini xohlaydi», deya Erdöğanning sözlarini keltirgan Reuters naşri.

Yevropa Ittifoqidagilar vaziyatga yuqori optimizm qaragani yöq. Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen Moskvaning ğalla kelişuvidan çiqiş qarorini qoraladi va buni «tsinik qadam» deb atadi. Uning qöşimça qilişiça, Yevropa Ittifoqi Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlariga yetkazib beriş ustida işlaşda davom etadi.

Ğalla şartnomasi doirasidagi oxirgi kema Odessa portidan 16 iyul kuni ertalab yölga çiqdi. Rossiya iyun oyi oxirida bu kemaning Qora dengiz orqali ötişiga rozi bölgandi va şundan keyin Moskva boşqa kemalar ötişiga ruxsat bermadi.

Ukraina hukumati kelişuv şartlariga köra, don taşuvçi kemalarni tekşirişi kerak bölgan Rossiya inspektorlari ğalla yölagi faoliyatiga xalaqit beriş uçun tekşiruvni atayin keçiktirişi, muntazam ravişda reglamentda körsatilmagan hujjatlarni talab qilişi va boşqa asossiz sabablarni izlaşi ustidan bir neça bor şikoyat qilgan.