Xususan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy psixolog lavozimi paydo bo‘ladi.

Statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida esa suitsidolog lavozimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari ochiladi.