Telegram'dagi kanal orqali tovlamaçilik qiliş va boşqa jinoyatlarda ayblanayotgan tört nafar sudlanuvçi ustidan sud jarayonlari yopiq tarzda keçadigan böldi. Kun.uz bu boradagi savollar bilan Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga murojaat qildi.

18 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudida Telegram'dagi Kompromatuzb kanali orqali davlat amaldorlariga tovlamaçilik qilganlikda gumonlanayotgan tört kişi ustidan sud jarayonlari boşlandi.

Dastlab oçiq tarzda, OAV vakillari iştirokida boşlangan protsess, sudlanuvçilardan ba’zilarining iltimosiga köra, yopiq köriladigan böldi.

Bu jinoyat işi haqida 27 yanvarda ma’lum bölgan, öşa kuni Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev (sudlanuvçi), sayt boş muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boşqa xodimlari sayt ofisidan olib ketilgan edi. Davlat xavfsizlik xizmati qölga olinganlar Telegram'dagi “Kompromatuzb” va boşqa kanallar orqali qilingan tovlamaçilik jinoyatlariga aloqadorlikda gumonlanayotganini bildirgandi. Keyinroq jinoyat işiga sobiq mehnat vazirining matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva hamda sobiq “Özbekneftgaz” raisining matbuot kotibi Siyovuş Hoşimov gumonlanuvçi sifatida jalb etilgani ma’lum böldi.

Muslim Mirzajonovning 18 iyul kuni Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytişiça, uni qölga olingan kuni keçqurun qöyib yuborişgan. U Human.uz saytining “Kompromatuzb” Telegram-kanaliga aloqasi yöqligi, saytning muassisi hisoblanuvçi korxonaga moliyaviy taqiq tuşgani ortidan köplab xodimlarni işdan böşatişga töğri kelgani, loyiha 2-3 kişi iştirokida davom ettirilayotganini aytdi.

“Agar jurnalist sifatida aytadigan bölsam, sud jarayoni albatta oçiq bölişini istagandim. Çunki şaffof bölsa, vaziyatni hamma körib tursa, biz uçun ham, jurnalistlar uçun ham, tinglovçi uçun ham yaxşi. Lekin özining şaxsiyati nuqtayi nazaridan ayrim ayblanuvçilar yopiq bölişini istadi. Bu narsaga baho berişim qiyin. Sud adolatli ötişini kutamiz”, – dedi Muslim Mirzajonov.

Sud jarayoni yopiq körilişi yuzasidan Kun.uz'ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov izoh berdi.