14 noyabr kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida sudlanuvçilar X. Daliyev, S. Hoşimov va ularning himoyaçilari tomonidan keltirilgan apellyatsiya şikoyatlari körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan JIB Şayxontohur tuman sudining şu yil 26 sentabrdagi hukmining X. Daliyev va S. Hoşimovga oid qismi özgarişsiz, keltirilgan şikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Şuningdek, uşbu ajrimdan norozi taraflar jinoyat-protsessual qonunçiligi talablariga muvofiq Oliy sudga kassatsiya tartibida şikoyat beriş yoki protest keltirişga haqli
Eslatib ötamiz, şu yilning 27 yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurşid Daliyev Telegram'dagi "Kompromatuzb" va boşqa kanallar orqali qilingan tovlamaçilik jinoyatlariga aloqadorlikda gumonlanib, naşr ofisidan olib ketilgandi.
Keyinçalik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining sobiq matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva va “Özbekneftgaz” matbuot kotibi Siyovuş Hoşimov ham uşbu iş doirasida hibsga olingani ma’lum bölgandi.
2023 yil 26 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida ularga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingan.
Unga köra, Xurşid Daliyev JKning 4 ta moddasi böyiça aybdor, deb topilib, unga 3 yilga ommaviy axborot vositalarida işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
Siyovuş Hoşimov esa JKning 3 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybdor, deb topilgan. Unga 3 yilga OAVda işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi.
Boşqa sudlanuvçilar Ahmadulla Ahmadjonov va Mavjuda Mirzayevalar birinçi instansiya sudining hukmi ustidan şikoyat bermagan. Ularga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan edi.













