Birgina 2022 yilda Rossiyada 21 mingdan ortiq odam uruşga qarşi pozitsiyasi uçun jazolandi. Bu haqda Amnesty International xalqaro inson huquqlari taşkilotining 20 iyul, payşanba kuni çop etilgan yangi hisobotida aytiladi. 

«Rossiyada norozi fikrlilarni bostiriş keng qamrovli. Bir qator çora-tadbirlar Rossiya uruşiga qarşi tanqidiy ovozlarni öçirişga qaratilgan», - deydi huquq himoyaçilari. Hisobotda Rossiya hukumati Ukrainaga qarşi uruşni qoralaganlarni qanday bostirişi tahlil qilingan, şuningdek, Rossiyada uruşga qarşi harakatni bostiriş uçun qöllaniladigan qonunlar va amaliyotlar körib çiqilgan. «Uşbu tizimdagi öta adolatsiz jarayonlar qamoq va katta jarimalarga olib keladi», dedi Amnesty International taşkilotining Germaniyadagi boş kotibi vazifasini bajaruvçi Yuliya Duxrov. 

Taşkilot ma’lumotlariga köra, Rossiyada uruşga qarşi pozitsiyasi uçun ta’qibga uçraganlarning aksariyati jarimaga tortilgan, ulardan 2307 nafari hibsga olingan. Tadqiqotda aytilişiça, 150dan ortiq odam «armiya haqidagi feyklar» va Rossiya qurolli kuçlarini «takroriy obrösizlantiriş» haqidagi moddalar böyiça jalb qilingan. Rossiyada qabul qilingan repressiv qonunlar mualliflar tomonidan «absurd» deb atalgan.

Bundan taşqari, Amnesty rossiyaliklar lagerlarga hukm qilingan holatlarni hujjatlaştirgan, taşkilot endi ularni siyosiy mahbuslar deb hisoblaydi. Huquq faollari Rossiya hukumatini uruşga qarşi pozitsiyasi uçun hibsga olinganlarning barçasini ozod qilişga va repressiv qonunlarni bekor qilişga çaqirdi.