1 avgustdan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar platformasi ishga tushiriladi
2023 yil 1 avgustdan “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.

Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 dekabrdan respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.
Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
2023 yil 1 avgustdan: “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi; suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yil 1 yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi. Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
-
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi
Jahon | 19:32
Mavzuga oid

16:16 / 31.03.2025
Pokistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarini saqlash ombori tashkil etiladi

08:03 / 31.01.2025
3,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan muzlatkich ombori aniqlandi

08:09 / 22.07.2024
O‘zbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni ma’lum qilindi

12:48 / 14.06.2024