Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya debyutanti Shomurodov bo‘yicha «Roma» bilan muzokaraga kirishdi – manba
Eldor Shomurodov «Roma»ni tark etib, yangi mavsumni A Seriyaning boshqa jamoasida boshlashi mumkin.
Foto: Getty Images
Insayder va jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, A Seriya debyutanti «Kalyari» klubi rimliklar bilan o‘zbekistonlik hujumchi masalasida muzokaraga kirishgan. Qayd etilishicha, Klaudio Raneri murabbiyligidagi jamoa Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Tomonlar kelishuvga erishilishiga ishonishmoqda.
Italiyalik 71 yoshli taniqli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamlar safiga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Raneri A Seriya yangi mavsumi oldidan jamoasi tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Shomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagani, unga Italiyaning «Lechche» va Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazib, 16 o‘yinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.
Mavzuga oid
20:46 / 21.02.2026
Abbos penalti ishladi, Eldor uni golga aylantirdi
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026