Özbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori kişi boşiga 1 oyga 568 ming söm etib belgilandi. Bu 18 oy avval belgilangan körsatkiçdan 14 foizga yuqori, lekin ötgan davrda yiğilgan inflatsiya darajasi (16 foiz)dan kam.

MIX miqdori 2021 yilda 440 ming sömni taşkil etgan, 2022 yilda yanvaridan boşlab esa 498 ming söm deb belgilangandi.

2021 yil avgustdagi hukumat qaroriga asosan, kambağallik çegarasi har yili 20 yanvarga qadar yangilanişi kerak. Biroq ötgan davrda statistika agentligi MIXni e’lon qilişni keçiktirgani e’tirozlarga sabab böldi. Bunga javoban agentlik 2023 yilgi statistika dasturiga muvofiq, kambağallik çegarasi iyul oyida e’lon qilinişi belgilanganini bildirdi. Ammo hukumat bu dasturni 27 fevralda tasdiqlagani inobatga olinsa, statistika organida 20 yanvardan 27 fevralga qadar MIXning yangilangan miqdorini e’lon qilmaslikka huquqiy asosiy yöq edi.

MIXning oşirilgan darajasi inflatsiya körsatkiçidan past

Iqtisodçi Otabek Bakirov 14 foizga oşirilgan kambağallik çegarasi ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamini amalda kambağallaştirgan, deb hisoblamoqda.

U, MIX oxirgi marta belgilangan 2022 yil yanvaridan 2023 yil iyuliga qadar ötgan 1,5 yil vaqt içida inflatsiya darajasi 16,1 foiz, oziq-ovqat inflatsiyasi esa 20,3 foizni taşkil etgani, bu davrda eng oylik iş haqi 19,2 foizga indeksatsiya bölganiga e’tibor qaratib, Özbekiston kambağallari nisbatan olganda yanada kambağallaşganini ta’kidlagan.

“Bu, birinçidan, 2022 yil yanvarda kambağal bölgan kambağal agar real daromadi bir yarim yil davomida özgarmagan bölsa ham, endi kambağal emas. U turli daftarlardan çiqarilişi kerak. Hukumat kambağallik darajasi yana pasayganini e’lon qilişi uçun metodologik asos ham.