Özbekiston prezidentining 2023 yil 24 fevral kuni Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan yiğilişi 12-son 24-bandida «2024 yilda Qaşqadaryo viloyatining 100 yillik yubileyini nişonlaş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritiş» topşiriği berilgan. 

Hujjatda mamlakat boy tarixi va madaniyatida, milliy davlatçilik hamda köhna qadriyatlar şakllanişi va rivojlanişida alohida örin tutib kelgan, neft-gaz sanoati, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda katta salohiyatga ega bölgan Qaşqadaryo viloyatining 100 yillik sanasini munosib nişonlaş taklifi berilgan.

Qaşqadaryo viloyati hokimi, viloyat faollari, ijodkor ziyolilar hamda jamoat taşkilotlari vakillarining Qaşqadaryo viloyatining 100 yillik yubileyini 2024 yil noyabr oyida Qarşi şahrida keng nişonlaş haqidagi takliflari ma’qullanişi mumkin.

Loyihaning ijrosi bilan boğliq kutilayotgan natijalar: Qarşi, Şahrisabz şaharlari va tumanlarda bunyod etilgan binolar ta’mirlanib, atroflari obodonlaştiriladi, ular zamonaviy yoritiş jihozlari bilan ta’minlanadi. 

Bundan taşqari, viloyat yubiley tadbiri munosabati bilan xalqaro ilmiy anjuman, turli körik-tanlov va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilişi belgilangan.

Qaşqadaryo viloyatining 100 yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş tadbirlari dasturi işlab çiqilgan bölib, uning doirasida tantanali bayram tadbiri ötkaziş, teatrlaştirilgan bayram dasturi tayyorlaş, “Qaşqadaryo viloyatining ilmiy va innovatsion salohiyati” xalqaro ilmiy anjumanini ötkaziş kabilar mavjud.

UNESCO işlari böyiça Özbekiston milliy komissiyasi va xalqaro taşkilotlar iştirokida “Qaşqadaryoning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan örni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya taşkil etiladi. Viloyatning 100 yillik yubileyiga bağişlab baxşi-şoirlarning “Dostonlarda yurt madhi” viloyat körik-tanlovi ötkaziladi.