“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining xabariga ko‘ra, 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan bugun, 21 iyul kuni soat 08:00dan 17:00ga qadar Angor tumanida, soat 10:00dan 16:00gacha Sho‘rchi tumanida barcha iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotida.