O‘zbekiston | 09:42 / 22.07.2023
8438
2 daqiqa o‘qiladi

Chegara punktlarida pulli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat chegara o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli veterinariya xizmatlari ro‘yxatini tacdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:

  • davlat chegara o‘tkazish punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan veterinariya xizmatlari sifati yaxshilanadi hamda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
  • davlat chegara o‘tkazish punktlarida ilovaga muvofiq amalga oshiriladigan veterinariya xizmatlari uchun haq to‘lash avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
  • davlat chegara o‘tkazish punktlarida veterinariya xizmatlari uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar masofadan amalga oshiriladi hamda to‘lov miqdorlari aniq belgilanadi.

Loyihada Davlat chegara o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli veterinariya xizmatlari ro‘yxati tasdiqlanmoqda hamda chegara o‘tkazish punktlarida veterinariya xizmatlari uchun haq to‘lashni avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali amalga oshirish joriy qilinmoqda.

Shuningdek, veterinariya xizmatlari uchun to‘lov miqdorlarini tizimlashtirish nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid