Toşkent şahrida yon oynalari qoraytirilgan avtobuslar harakatlanmoqda. Kun.uz «tonirovka»li avtobuslar böyiça «Toşşahartransxizmat» matbuot xizmatidan izoh söradi.

Ma’lum qilinişiça, yölovçilarga qulaylik yaratiş, avtobus salonini sovitişda sarflanayotgan yonilği va elektrni iqtisod qiliş uçun taşkilot tasarrufidagi barça avtobuslarning yon oynalari bepul qoraytirilişiga ruxsat berilgan.

Ta’kidlanişiça, bu jarayonda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plyonkalar «Toşşahartransxizmat»ga taqdim etiladi.

Qayd etilişiça, avtobuslarni «tonirovka»laş prezidentning şu yil may oyida Çilonzor tumaniga qilgan taşrifi yakunlari böyiça berilgan topşiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oşirilmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz şaharda harakatlanuvçi barça avtobuslarning yon oynalarini qoraytirişga rucxsat berilişi, şunda ham bu bepul bölişi kerakligiga etibor qaratgan edi.