Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bölimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori uşlandi.

Qayd qilinişiça, NDPI prorektori M.J. fuqaroni uşbu institutga öqişga kiritib qöyişga va’da berib, evaziga 3 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Oçiq ma’lumotlarga köra, institutga Bayram Otemuratov rektorlik qiladi. Şuningdek, Mirzamurat Ajimuratoviç Jumamuratov öquv işlari böyiça prorektor, Quvondiq Ayitbayeviç Qodirov yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektor, Nargiza Polatovna Babaniyazova ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor, Raşid Qurbanbayeviç Ibadullayev moliya va iqtisodiy işlar böyiça prorektor lavozimida faoliyat yuritib keladi.