2023 yilning 27 iyun kuni FVVga qaraşli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni ötayotgan Şehroziddin Bahriddinovning ölimi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Respublika harbiy prokuraturasi.
Tergovga qadar tekşiruv Toşkent harbiy prokuraturasi tomonidan ötkazilmoqda, jarayon Respublika Harbiy prokuraturasi nazoratiga olingan.
“Mazkur holat har tomonlama töliq va xolisona tekşirib çiqiladi. Tergovga qadar tekşiruv natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deydi Respublika harbiy prokurorining katta yordamçisi Şerzod Hayitov.

Ölim haqidagi ma’lumotnomada Şehroziddin Bahriddinovning ölimiga qözğatuvçisi aniqlanmagan pnevmoniya sabab bölgani keltirilgan. Qurolli Kuçlar Sud-tibbiy ekspertiza markazining ekspertiza xulosasida 24 yaşar askar qator kasalliklar natijasida yuzaga kelgan poliorgan yetişmovçiligi oqibatida vafot etgani keltirilgan.
Biroq askarning yaqinlari bunga işonmayapti. Kun.uz bilan suhbatda marhumning yaqinlari komandirlari askarning öpkasiga suv yiğilib yiringlab ketganini aytişgani, 24 iyun kuni telefon orqali gaplaşişganda uning ovozida kasallik alomati, masalan, xirillaş, qiynalib nafas oliş sezilmaganini ta’kidlaşgandi. Askarning akasi Erkin Qodirov ukasi komandirlari aytganiday çindan ham safda huşidan ketib yiqilgani, şundan söng harbiy qism tibbiyot punktiga olib borilgani aks etgan videotasvirlar körsatilişini söramoqda.

















