«Buyuk Britaniya Xavfsizlik vaziri va Parlamenti a’zosi Tom Tugendxat janoblari bilan samimiy suhbatlashdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, muloqot davomida salohiyatni oshirish, tajriba almashish, mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

«Eng muhimi, xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilish masalalari muhokamamiz markazida bo‘ldi», deydi Baxtiyor Saidov.