Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litseylarga kirish test sinovlari natijasi 5 kundan keyin e’lon qilinadi
Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.
2023 yil 24 iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023/2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berilgan.
Test sinovi natijalari agentlik tomonidan 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025