Özbekiston qonunçiligida göşt mahsulotlarini sotiş böyiça me’yorlar «Ixtisoslaştirilgan söyiş korxonalari faoliyatini tartibga soliş hamda iste’mol bozoriga göşt va göşt mahsulotlarini yetkazib beriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab qöyilgan.
Jumladan, göşt mahsulotlarini sotiş mumkin bölmagan holatlar quyidagilar:
- söyilişi ixtisoslaştirilgan va mini söyiş korxonalarida amalga oşirilmagan bölsa;
- göşt va göşt mahsulotlarini taşiş uçun belgilanmagan transport yordamida yetkazib berilgan bölsa;
- tegişli veterinariya hujjatlari bölmasa;
- veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bölmasa;
- oyoqlari va boş qismi jun bilan birga bölsa, şuningdek parranda va quşlarning patlari yulinmagan bölsa;
- xona yoki köça haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (oçiq rasta ustiga) oçiq holda qöyilgan holatda bölsa;
- veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan göştlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bölsa.
















