Qayd etilishicha, O‘zbekiston Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida (260-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 10:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklandi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishni so‘ragan.











