Rossiya boş vazirining sobiq örinbosari, 1990-yillarda Rossiyada iqtisodiy islohotlarning mafkuraçisi va yetakçilaridan biri bölgan Anatoliy Çubays mamlakatni tark etgaç, deyarli barça rus kompaniyalari rahbariyatidan iste’foga çiqdi. Bu haqda 26 iyul, çorşanba kuni keçqurun The Moscow Times SPARK ma’lumotlar bazasiga tayanib xabar berdi. 

Hozirda Çubays faqat bitta kompaniya - «Xolding ERSO» direktorlar kengaşida qolgan, deb yozadi naşr. Uşbu korxona sobiq boş vazir örinbosari 2022 yil aprel oyida tark etgan «AFK Sistema» tarkibiga kiradi. Çubays, şuningdek, endi özi asosçilaridan biri bölgan «Fonda pervogo Prezidenta Rossii B. N. Yelsina» egalari röyxatida yöq. Uruş boşlanişidan oldin Çubays bir neçta rus kompaniyalarining yuqori boşqaruvi va direktorlar kengaşi a’zosi edi. 

Şu bilan birga, The Moscow Times Çubaysning rafiqasi, rejissyor Avdotya Smirnova 2009 yilda röyxatdan ötgan şaxsiy korxonasini yopganini eslatib ötgan. 

Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boşlanganidan keyin Anatoliy Çubays Rossiya prezidentining xalqaro taşkilotlar bilan aloqalar böyiça maxsus vakili lavozimidan iste’foga çiqdi va mamlakatni tark etdi. Ötgan yozda u Giyena-Barre sindromi taşxisi bilan Italiyada kasalxonaga yotqizilgani ma’lum böldi. Avgust oyi boşida kasalxonadan çiqarildi. Çubays özining ketişi haqida oçiqçasiga izoh bermadi. U Italiyadan taşqari, boşqa bir qança mamlakatlarda, xususan Turkiya, Germaniya va Isroilda ham payqalgan.