O‘zbekiston | 08:01 / 27.07.2023
3130
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilda qariyb 950 ming abituriyent test sinovida ishtirok etadi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

Foto: Kun.uz

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 828 699 nafar;
  • rus tili  — 88 830 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
  • boshqa tillar — 2 239 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  • Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar;
  • Samarqand viloyati — 105 805 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar;
  • Toshkent viloyati — 82 173 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.

Mavzuga oid