Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda o‘zbek tovarlarining Afrika bozoriga chiqishi uchun logistika markazi qurilishi mumkin
O‘zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Mansur Qilichev Misr ishbilarmonlari uyushmasi (Egyptian Businessmen’s Assosiation – EBA) ijrochi direktori Muhammad Yusuf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari “Biznes kengashini” tuzish, Qohira va Toshkentda biznes forumlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat so‘ngida O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish maqsadida quyidagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi:
- O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Misr ishbilarmonlari uyushmasi rahbarlari o‘rtasida 31 iyul kuni onlayn muzokaralar o‘tkazish;
- 31 iyul kuni O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash;
Uchrashuv chog‘ida Misrning Port-Said maxsus iqtisodiy hududida o‘zbek tovarlarining Afrika bozoriga chiqishiga imkon beruvchi logistika markazi, ombor tashkil etishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
11:24 / 31.05.2026