Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunovning tegişli qarorlari bilan Navoiy va Zarafşon şaharlariga, şuningdek, Navbahor va Konimex tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Muratxan Egamqulov Navoiy şahri hokimi lavozimiga tayinlangan. M.Egamqulov bugungi kungaça Konimex tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Muratxan Egamqulov

Navoiy şahriga 2018 yil mayidan buyon Muhiddin Bozorov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.

Konimex tumaniga Egamqulov örniga Ruslan Röziyev yangi hokim etib tayinlandi.

Röziyev Ruslan

Röziyev bugungaça Navoiy viloyati prokurorining örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nazirbek Rahmonov Zarafşon şahri hokimi etib tayinlandi. N.Rahmonov hozirgaça «NKMK jamğarmasi» boş direktori lavozimida işlagan.

Rahmonov Nazirbek

2018 yil mayidan buyon Zarafşon şahar hokimi lavozimida işlab kelgan Anvar Rajabov 2022 yil 19 aprelida prezident raisligida mahallabay işlaş tizimi natijadorligini oşiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş masalalari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida lavozimdan olingandi