Rossiya gvardiyasining xaridlarida yangi korrupsiya sxemasi aniqlandi
Idora «Araks» mobil minalardan tozalash komplekslarini oshirilgan narxda sotib olgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zlashtirish miqdori 227 million rublni tashkil qiladi.
Rossiya gvardiyasining xaridlarida yirik korrupsiya sxemasi aniqlandi. Bu haqda 26 iyul, chorshanba kuni Rosgvardiya rahbari sobiq maslahatchisi, Davlat dumasi axborot siyosati qo‘mitasi raisi Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, idora «Araks» mobil minalardan tozalash komplekslarini oshirilgan narxda sotib olgan. Rossiya gvardiyasi qurilish departamenti uy-joy siyosati bo‘limi boshlig‘i Yaroslav Nakonechniy, davlat dasturlarini amalga oshirish departamenti boshlig‘i Igor Yeliseyev, shuningdek, «Kompleksnyye sistemy» yetkazib beruvchi kompaniyasi bosh direktori Oleg Chekrishev, uning o‘rinbosari Aleksandr Belyakov va yana bir necha kishi hibsga olingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi (TQ) ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy o‘zlashtirish miqdori 227 million rublni tashkil qiladi. Katta hajmdagi firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Xinshteynning ta’kidlashicha, firibgarlik Viktor Zolotov qarori bilan Rosgvardiya o‘z xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida fosh etilgan. Tekshiruv materiallari harbiy prokuratura va harbiy tergovga yuborildi, 12 nafar shaxs so‘roq qilindi, qator tintuvlar o‘tkazildi.
2023 yil mart oyida Xinshteyn Rossiya gvardiyasi qo‘shinlari Markaziy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Vadim Dragomiretskiyga nisbatan korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini e’lon qildi. U bir necha million dollar pora olganlikda gumon qilingan. General o‘z aybiga iqror bo‘ldi.
2023 yil aprel oyida Tergov qo‘mitasi Rossiya gvardiyasi Dengiz boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Sergey Volkovni hibsga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Volkov ikkita ishlamaydigan «Orel-BPLA» komplekslarini sotib olishga mas’ul bo‘lgan. Ushbu qurilmalar Qrim ko‘prigini himoya qilish uchun xarid qilingan.
Mavzuga oid
09:10 / 04.11.2024
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024