Prezidentlikka nomzodlar, uluğlangan Stalin va naşida uçun qamalişlar seriyasi - hafta dayjesti
|21:57 / 14.05.202338 93718 min
Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidentlik saylovini e’lon qildi: beşta partiyadan ikkitasi uning nomzodini körsatdi. Toşkentda Stalinga şaraflar aytildi: IIBB bu qonunga zid emasligini aytdi. Naşida uçun qamalganlar soni köpaymoqda: yangi konstitutsiyadagi prinsip işlamayapti. Yakunlanayotgan hafta şarhi – Kun.uz dayjestida.
9 iyulda – prezidentlik saylovi
Haftaning asosiy yangiliklari duşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan yiğilişdan boşlandi. Davlat rahbari konstitutsiyaviy referendum yakunlari haqida ma’ruza qilib, nutqining yakunida muddatidan ilgari prezidentlik saylovi ötkazilişini e’lon qildi. Saylov 2 oydan keyinga – 9 iyul kuniga belgilandi.
Şavkat Mirziyoyev qolgan uç yarim yillik prezidentlik muddatidan öz taşabbusi bilan voz keçayotgani haqida gapirib, buni – konstitutsiya isloh qilingani, xalq davlatdan muhim özgarişlarni kutayotgani va boşqa sabablar bilan izohladi.
“Asosiy qonunimizda xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbai, deb bejiz yozilmagan. Şu nuqtayi nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz özi işongan rahbarga mandat berişi maqsadga muvofiq. Öylaymanki, bugungi mavjud şaroitda bu eng töğri va adolatli qaror böladi”, – dedi prezident.
Davlat rahbarining muddatidan ilgari prezidentlik saylovini tayinlaş vakolati borligi yangi konstitutsiyaga kiritilgan edi. Buning tartibi qanaqa bölişini Saylov kodeksiga kiritiş jarayoni favqulodda tez bölib ketdi. Tegişli qonunni 2 may kuni deputatlar qabul qildi, 4 may kuni senatorlar ma’qulladi, 6 mayda esa hujjatni prezident imzoladi. Qonunga köra, prezident muddatidan ilgari saylov ötkazişni tayinlasa, saylov 2 oy içida ötkazilişi kerak. Şunga muvofiq, 8 maydagi farmon bilan, siyosiy tadbir 9 iyulga belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasini oçiq deb e’lon qilişi ortidan, siyosiy partiyalar birin-ketin öz nomzodlarini oçiqlay boşladi. Parlamentda eng köp öringa ega ikki partiya – ÖzLiDeP va Milliy tiklaniş
Mavzuga oid
partiyalari amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surişini
. Davlat rahbarining özi prezidentlikka nomzodini qöyişi borasida hozirça munosabat bildirmadi.
Prezidentlik saylovida bir nomzodni bir neçta partiya ilgari surişi Özbekiston tarixida avval ham bölgan. “Tarixiy kartoçka” kanalining yozişiça, 2000 yilgi prezident saylovida birdaniga uçta – “Vatan taraqqiyoti”, “Fidokorlar” va “Adolat” partiyalari prezidentlikka Islom Karimov nomzodini körsatgan. Lekin şundan buyon har bitta partiya alohida nomzodiga ega bölib kelayotgan edi.
Xalq demokratik partiyasidan Uluğbek Inoyatov nomzod böladi. U 2013-2018 yillarda xalq ta’limi vaziri bölgan, 2019 yildan beri sölçilar partiyasini boşqarib kelyapti. Prezidentlikka öz raisini nomzod qilayotgan yana bir partiya – Özbekiston Ekologik partiyasi. Abduşukur Hamzayev partiya raisligiga ötgan yili saylangan, undan avval uzoq yillar qişloq va örmon xöjaligi sohalarida işlagan. “Adolat” partiyasi esa uç yildan buyon Oliy sud raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Robaxon Mahmudovani qöllab-quvvatlayapti. Partiyaning amaldagi raisi Bahrom Abduhalimov tanlanmaganiga u 2021 yilgi prezident saylovida eng oxirgi 5-örinni olgani sabab bölgandir, ehtimol.
Propiska qonuni bekor qilinadi
Yangi konstitutsiyani hayotga tatbiq qiliş haqida prezident farmoni imzolandi. Unga asosan, Toşkent propiskasi böyiça qonun bekor qilinadi. Köplarni kuydirgan bu bema’ni qonunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga kirişi mumkin bölgan fuqarolarning 12 xil toifasi körsatilgan. Bu toifalar bekor qilingaç, propiska oliş böyiça boşqa hududlarda qanaqa tartib bölsa, poytaxtda ham xuddi şunaqa tartib amal qila boşlaşi mumkin. Topşiriqqa köra, hukumat bu qonunni öz kuçini yöqotgan deb topiş haqidagi qonun loyihasini 2 oy muddatda parlamentga kiritişi kerak.
Bundan taşqari, farmonga asosan, fuqarolarni yaşaş joyi böyiça röyxatga olişda xabardor qiliş tartibi joriy etiladi. Ya’ni fuqaro doimiy yoki vaqtinça yaşaş uçun boşqa hududga köçib ötsa, bu haqda “pasport-stol”ni xabardor qilib qöyişining özi yetarli böladi. Içki işlar vazirligiga 1 oy muddatda bu haqdagi farmon loyihasini işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.
Eng muhim qadamlardan yana biri – fuqarolarning kartadan kartaga pul ötkazmalaridan soliq organlarining xabardor bölib turişi bekor qilinyapti. 1 maydan kuçga kirişi belgilangan bu tartib bank sirlari töğrisidagi qonunga va töğridan töğri konstitutsiyaga zid edi. Şu tariqa, bu talab kuçga kirganidan bir oy ötib, 1 iyundan e’tiboran rasman öz kuçini yöqotadi.
Prezident farmonida, şuningdek, ota-onalarning barça yoşdagi farzandlari ta’limiga yönaltirilgan tölovlarini soliqdan ozod qiliş, bolalarning davlat muzeylariga kirişini bepul qiliş, ma’muriy sudlarga şikoyat qilişda davlat bojini undirmasdan, keyinçalik aybdordan undiriş, biror huquqbuzarlikda gumonlanayotgan şaxsni qamoqqa olişdan oldin uni tibbiy körikdan ötkazişni majburiy qilib belgilaş kabi çoralar közda tutilgan.
Köça yurişlari: Sovetparastlarga mumkin, boşqalarga-çi?
Özbekistonda eng köp sokinlik va xotirjamlik bilan ötadigan bayramlardan biriga aylangan, odamlarga şu kuni qabristonlarni obod qiliş, ötib ketgan ajdodlari haqqiga duo öqiş va keksa yaqinlarini yöqlaşni örgatgan 9 may – Xotira va qadrlaş kuni, afsuski, oxirgi yillarda katta siyosiy taranglik bilan ötyapti. Dunyodagi eng katta yovuzlik imperiyasi bölgan SSSRni qömsovçilarning tiyiqsiz harakatlari 9 mayda köpçilikning dilini xira qilyapti.
Kreml propagandasining bir qismiga aylangan “Ölmas polk” aksiyasi, garçi rasman ruxsat berilmayotgan bölsa ham, Toşkentda har yili ötkazib kelinyapti. Ikki yil oldin Xalqlar döstligi maydonida SSSR bayroğini hilpiratgan aksiya taşkilotçilari bu yil “Örtoq Stalinga ura” degan hayqiriq bilan köça yurişini ötkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning yiğiliş erkinligi böyiça rasmiylardagi ikki xil standartlar muhokama qilinar ekan, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Stalinni olqişlab qiçqirganlarning harakatini qonuniy deb baholagani e’tirozlarni battar alangalatdi. Boşqarma matbuot xizmati bu köça yurişi uçun ular ruxsat bermaganini Kun.uz'ga tasdiqladi, lekin yuriş qatnaşçilarining harakatlarida huquqbuzarlik alomati yöqligini bildirdi. Bu esa öz-özidan sovetparastlarga mumkin-u, boşqalarga mumkinmasmi, degan savollarga asos böldi. Çunki içki işlar bilan kelişmasdan, boşqa joyda, boşqa mazmunda köça yurişi uyuştirilsa, taşkilotçilarni nima kutişi xavotirli savol ostida qoladi.
Naşida uçun qamalişlar seriyasi
Telegram'dagi guruhga diniy qöşiq yuborganlik ayblovi bilan bir neça yillarga qamab yuborilayotgan yoş-yoş yigitlar soni oşib boryapti. Jamoatçilikka ma’lum bölib qolgan navbatdagi holat Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Jahongir Uluğmurodov bilan röy berdi. U YouTube'dagi naşida havolasini sinfdoşlarining Telegram-guruhiga yuborgani uçun sud tomonidan 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Yaqinlarining aytişiça, 21 yoşli Jahongir universitetga grant asosida öqişga kirgan, qölga olinmasidan oldin 2-bosqiçda öqiyotgan bölgan. Şu yil boşida uçastkavoy uni öğirlikda gumonlab, qölga olgan, şundan keyin telefoni örganib çiqilganida, 2022 yili sinfdoşlarining Telegram-guruhiga Youtube'dagi diniy qöşiq – naşida uçun havola yuborgani aniqlangan. Bu naşida Din işlari böyiça qömita xulosasiga asosan “aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan” deb topilgan. Buning uçun Toşkent viloyati Oqqörğon tumani sudi uni jamoat tartibiga tahdid soladigan material tarqatişda ayblab, unga 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Jahongir Uluğmurodov tergov va sudda bergan körsatmasida naşidning ma’nosini yaxşi tuşunmay-bilmay tarqatganini aytgan. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi esa yoş yigitni Suriyadagi jihodçi taşkilotni qöllab-quvvatlaşda, uning tarafdorlari sonini köpaytirişni maqsad qilganlikda ayblab çiqdi. Vaholanki, Kun.uz ixtiyoridagi ayblov xulosasida ham, sud hukmida ham bunaqa ma’lumot yöq. Bu esa boşqarma yigitga tuhmat qilayotgan bölişi mumkin, degan gumonni örtaga çiqaradi.
3 yillik qamoq hukmidan keyin, sudlanuvçining onasi prezidentga va Oliy sudga videomurojaat bilan çiqib, ulardan yordam söradi.
“Soat 12 larga yaqin örtoğining onasi keldi-da, “öğlingiz nima qilib qöyganini bilasizmi?” deb ança janjal qildi. Içkariga olib kirdim, nima ekanini hatto tuşunmay qoldim. Ular “naşida, naşida” deb aytişadi. Men hatto naşida nima ekanini bilmayman, u naşida degani qöşiq, şe’r degani ekan. Özim umuman dindan xabarim yöq, keyin Jahongir bir soatlarda kelib qoldi. Men u nima edi deb söradim. Jahongir: “Aya, men ham bilmayman nimaligini, men uni qöşiq deb eşitganman, qöşiq, qöşiq” deb aytaverdi”, – dedi Jahongir Uluğmurodovning onasi.
Huquq faollari oxirgi paytlarda bunaqa holatlar köpayib ketganini aytib, davlat rasmiylaridan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratişni sörayapti. Yodingizda bölsa, bir neça oy oldin Sardor Rahmonqulov ismli 21 yaşar yigit ham xuddi şunday ayblov bilan avvaliga 5 yilga qamalgan, jamoatçilik e’tirozlari fonida hukm şartliga özgartirilib, u sud zalida ozodlikka çiqarilgandi.
Undan avvalroq esa, Toşkent tumanida 20 yoşli dökon sotuvçisi taqiqlangan ekanini bilmagan holda internetdan diniy material yuklab olib, örtoğiga yuborgani uçun 6 yilga qamalgandi. Keyinroq viloyat sudi hukmni özgartirib, ozodlikdan mahrum qiliş muddatini 3,5 yilga qisqartirgandi.
Bu holatlarda hukmi juda katta özgarişga uçragan sudyalar yoki ularga ehtimoliy bosim ötkazganlar böyiça biror suriştiruv bölgan yoki bölmagani noma’lum. Şu örinda köpdan köp maqtovlar bilan qabul qilingan yangi konstitutsiyadagi yangi normalardan birini eslatib ötişni istardik. Demak, 20-modda: “Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy ta’sir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerak”.
Oddiy tilda tuşuntirganda, mutanosiblik prinsipi işlagan joyda yoş yigit aybdor deb topilsa ham, şartli jazo bilan sud zalidan ozod qilinişi mumkin. Bu prinsip işlamagan joyda esa xuddi şu yigit 5 yilga qamab yuboriladi.
IIB xodimlari va qonunlar töqnaşuvi
Içki işlar organlari oxirgi kunlarda boşqa salbiy voqealarning ham markazida turibdi. Qaşqadaryoning Qamaşi tumanidagi bozorda Özbekiston bayroği tasviridagi, “Bitiruvçi” yozuvli lentani taqib yurgan yigit qölga olinib, jarimaga tortildi. U içki işlar xodimlarining qonuniy talabiga böysunmaslikda ayblandi. Xodimlar “Sönggi qönğiroq” kunidagi lentalar odatiy hol ekanini bila turib, negadir şu topda bayroq haqidagi qonun talablarini eslab qolgan.
Bu örinda qonunda ham xato borligi aniq. Qonun bilan, davlat bayroğining tasviri tuşirilgan belgilardan tijorat maqsadlarida foydalaniş mumkin emas. Lekin bunday normalar allaqaçon eskirganini deputatlar ham tan olgan. Ötgan yili ÖzLiDeP a’zolari bayroqdan foydalaniş böyiça ayrim çeklovlarni olib taşlaş taşabbusi bilan çiqqandi, lekin bu taşabbus unutilib ketganga öxşaydi.
Qaşqadaryodagi holatga qaytsak. “Bitiruvçi” yozuvli lenta voqeasiga Boş prokuratura aralaşib, oçilgan ma’muriy işni noqonuniy deb topdi va qarorni bekor qildi. Lekin bu natijadan jamoatçilik qoniqmadi, çunki hikoya şu yerda tugasa, ertaga boşqa içki işlar xodimlari ham fuqaroni noqonuniy jarimaga tortişning oqibati jiddiy bölmaydi, degan signalni olardi. Bu boradagi tanqidlardan bir kun ötib, Qamaşi tumani prokuraturasi içki işlar xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziş böyiça viloyat IIBga taqdimnoma kiritgani ma’lum qilindi.
Içki işlar xodimlari bilan boğliq boşqa voqealar bundan-da noxuşroq. 11 may kuni içki işlar xodimi qöllari boğliq holda yotgan kişiga kuç işlatayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda oynalari panjarali xonada oyoq va qöllari boğlangan kişiga içki işlar xodimi bir neça marta kuç işlatganini köriş mumkin. Xodim dastlab şapaloq va muşt bilan fuqaroning boş qismiga urgan, keyin boşini ezgan va oğzini latta bilan boğlab qöygan.
Surxondaryo viloyati IIBga köra, voqea Muzrabot tumani tibbiyot birlaşmasida, mastlik holatidagi şaxslar punktida röy bergan. Erkak mast ahvolda bölgan, u yerga “102”ga tuşgan murojaat asosida olib kelingan. Rasmiylarning izohlaşiça, xodim fuqaroga kuç işlatiş orqali uni tinçlantirmoqçi bölgan, çunki mast erkak bemorlarning tinçini buzib, qöpol sözlar bilan haqoratlaşda davom etgan. Holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilyapti. Prokuratura ham tergovga qadar tekşiruv boşlaganini ma’lum qildi.
Içki işlar xodimlari ustidan tergovga qadar tekşiruvni Toşkentda Mirobod tuman prokuraturasi ham ötkazyapti. Bu yerda, ötgan hafta xabar berganimizdek, tergov bölimida gumonlanuvçiga qiynoq qöllangan bölişi mumkin. Qiynoqqa uçragani aytilayotgan fuqarolardan biri – namanganlik yirik tadbirkor Dilşod Töraxöjayev. Içki işlar vazirligi investorning tergov bölimida kaltaklanganini inkor qilib, suratdagi jarohatlar eski ekanini aytgandi. Tadbirkorning advokati esa, buni rad etib çiqdi. Uning sözlariga köra, mijozi içki işlar organiga soğ-salomat borgan, qarşilik körsatmagan, tanasidagi jarohatlar aynan tergov bölimida paydo bölgan. Tadbirkorning özi ham ombudsman bilan suhbatda qiynoqlarni tasdiqlagan. Ombudsmanning nazorat xati va advokatning arizasini prokuratura örganyapti.
Prokuraturadagi korrupsiya haqidagi xabar bilan huquq organlari mavzusiga yakun yasaymiz. Ma’lum bölişiça, 6 may kuni Boş prokuratura katta prokurori E.A. va Toşkentning Uçtepa tumani prokuraturasi tergovçisi A.D. hibsga olingan. Ular firibgarlik va pora berişda gumonlanyapti. Jinoyat tafsilotlari ma’lum emas.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalaş böyiça texnik işlar yakunlanyapti. Hozirça bittadan Uzcard va Humo bankomatlari har ikkala karta turini ham qabul qiladigan böldi. 1 iyundan bunday imkoniyatni hamma bankomatlarga joriy qiliş boşlanadi. 2023 yil oxirigiça terminallar ham integratsiya qilinib, bir tölov tizimining kartasi bilan ikkinçi tölov tizimining terminali orqali tölov qiliş mumkin böladi.
Şavkat Mirziyoyev energetika sohasi böyiça majlis ötkazdi. Majlisda prezident mas’ullarga yozda elektr tizimining uzluksiz işlaşini ta’minlaş vazifasini yukladi. Bundan taşqari, elektr tarmoqlari va transformatorlarni ta’mirlaş böyiça 2023 yilga reja qilingan işlar 1 avgustgaça tugatilişi kerak. Quyoş panellarini örnatiş böyiça vazifalarni bajarmagani uçun 7 ta tuman va 2 ta şahar hokimi hayfsan oldi. Yil oxirigaça elektromobillar uçun 900 ta zaryadlaş stansiyasi örnatişga topşiriq berildi.
Özbekiston va Rossiya prezidentlari 8 may kuni Kremlda uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda qator masalalar muhokama qilindi, Vladimir Putin Özbekistonda referendum muvaffaqiyatli ötgani bilan Şavkat Mirziyoyevni tabrikladi. Ertasi kuni II Jahon uruşidagi ğalabaning 78 yilligi munosabati bilan Moskvada ötkazilgan paradda possovet davlatlaridan 7 tasining rahbari iştirok etdi. Bu esa Ukrainaning e’tiroziga sabab böldi. Ukraina Taşqi işlar vazirligi buni “Ukrainaga nisbatan döstona bölmagan qadam” deb baholadi.
Samarqandning Paxtaçi tumanida dahşatli portlaş röy berdi. Internetda videolari tarqalgan texnogen ofat 9 may kuni keçqurun aholiga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida sodir bölgan. Oqibatda hududdagi konteynerlar, ma’muriy binolar va bir neçta texnikalar zararlangan. Bir kişi kuyiş jarohatini olgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, hodisaga suyultirilgan gaz taşuvçi avtomaşinadan gazni zaxira siğimiga böşatiş jaryonida xavfsizlik qoidalari buzilgani sabab bölişi mumkin.
“Mening yölim” loyihasining ilk mavsumi ğoliblari e’lon qilindi. Loyihadagi taşabbuslarga jami 8 milliondan köp ovoz yiğildi. Ovoz töplaş uçun kuraş ayniqsa qişloqlarda qizğin böldi. Lekin töla adolatli bölmagani ham bor gap. Masalan, Samarqandda Past Darğom tumani kambağallikni qisqartiriş boşqarmasi boşliği mahalla raislariga ovoz yiğişni buyurişi ortidan, işdan olindi.
Toşkentda 3 qavatga ruxsat berilgan bino 12 qavat qilib qurilgani aniqlandi. Tadbirkor noqonuniy ravişda qöşimça 9 qavat va mansarda qurgan. Rasmiylarga köra, Uçtepa tumani 23-mavzeda joylaşgan uy tasdiqlangan loyihaga zid ravişda 3 qavatdan balandroq qilib qurilayotgani 2021 yildayoq tegişli inspeksiyaga ma’lum bölgan, lekin ogohlantirişlar kor qilmagan. Endi deyarli bitib qolgan obekt tadbirkor hisobidan buzilişi masalasi sudda köriladi.
Mopedlar, kvadrosikllar, trisikllar, skuterlar va şu kabi tezligi 50 km/soatdan oşmaydigan transport vositalarini haydovçilik guvohnomasini olmasdan turib boşqarişga ruxsat berildi. Bu ruxsat vaqtinçalik – şu yil oxirigaça amal qiladi. Bu vositalarni boşqarayotganlar motoşlem kiyişi kerak, degan talab saqlanib qoldi. Şu yöl orqali yetkazib beriş xizmatlari bozorini qöllab-quvvatlaş közda tutilgan.