Farğona viloyati hokimining birinçi örinbosari, viloyat soliq boşqarmasi rahbari hamda bir şahar va bir tuman hokimi, bir tuman soliqçisi işdan ketdi, şuningdek, bir qança mahalliy mansabdorlarga hayfsan berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qöqon şahrida bölib ötayotgan yiğilişda dehqonlarga ekin yerlarini ijaraga beriş işlari ham nomiga taşkil qilingani körsatib ötildi.
Jumladan, aholi yaşaş joyidan uzoqda joylaşgani, suv ta’minoti oğirligi sabab 1 ming 157 gektar ekin yerlari tanlovga qayta-qayta qöyilmoqda.
Viloyatda ekinlarni yetiştiriş uçun xarajatlar 1 sotix yer maydoniga örtaça 220 ming sömni taşkil qilib, respublika örtaça körsatkiçidan 1,5 barobar köp.
Şuningdek, ötkazilgan sörovlar natijasiga köra, 32 foiz yer egalariga tuman hokimligi tomonidan heç qanday yordam körsatilmagan.
Inflatsiyani jilovlaş, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlaşda hokimlar tomonidan körilayotgan çoralar ham qoniqarsiz ekani qayd etildi.
Şu bois, hududida işlarni lozim darajada taşkil etmagani uçun Farğona viloyat hokimining birinçi örinbosari Avaz Örinboyev, viloyat soliq boşqarmasi boşliği A.Tillavoldiyev, Rişton tumani hokimi S.Soliyev, Marğilon şahar hokimi A.Ziyavitdinov va soliq boşliği T.Husanov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Şuningdek, viloyat hokimining quriliş hamda investitsiya böyiça örinbosarlari (Hojiqözijon Isoqov va Iqboljon Ergaşev), Bağdod (Yusufjon Husainov), Quva (Xalimjon Umarov) va Buvayda (Behzod Ibragimov) tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
Farğona şahri hokimi (Vosiljon Nazarov) va sektor rahbarlarining lavozimi 3 oy sinov muddati bilan öz vazifasini bajaruvçi darajasiga tuşirildi.

Prezident topşiriğiga köra, viloyatning işga solinmagan imkoniyatlarini aniqlaş va ularni röyobga çiqariş böyiça har bir tuman va şaharga respublikadan mas’ullar biriktirildi.
Ular tomonidan 2 milliard dollarlik qöşimça zaxiralar aniqlandi va tadbirkorlar bilan uçraşib, aniq loyihalar şakllantirildi.
«Agar hokimlar vaqt ajratib, tadbirkorlar bilan uçraşib, ularning dardiga quloq solsa, taşabbuslarini tinglasa, viloyatdagi tumanlarning barçasi yil yakuniga qadar bemalol kamida 100 million dollardan investitsiya jalb qilişi mumkin», - dedi davlat rahbari.


















