10:33 / 29.07.2023
6117

Polsha va Litva Belarus bilan chegaralarini yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Polsha va Litva Belarusda joylashgan «Vagner» XHK yollanma askarlari provokatsiyalaridan tashvishga tushib, qo‘shni davlat bilan chegaralarini yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Litva ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arnoldas Abramavichus ma’lum qildi. 

Polsha Belarus chegarasi / Foto: EPA

«Bu haqiqatdir, - dedi u avvalroq Varshava Belarus bilan o‘tkazish punktlarini yopish imkoniyatini Vilnyus va Riga bilan muvofiqlashtirishini ta’kidlagan Polsha ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiyning bayonotini sharhlar ekan. - Chegarani yopish ehtimoli bor».

Abramavichus Belarus bilan chegarada provokatsiyalar sodir bo‘lishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. 

«Bular chegarada qandaydir aniq tartibsizliklar keltirib chiqarish uchun qochqinlar yoki noqonuniy muhojirlar shaklida ko‘chirilayotgan ayrim guruhlar bo‘lishi mumkin», dedi u. 

«Belaruski Gayun» monitoring loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning «Vagner» XHK jangchilarining 80 dan ortiq avtomashinadan iborat 13-karvoni Belarusga kirib kelgan. 

Karvon M5 avtomagistrali bo‘ylab Bobruyskdan Osipovichi yo‘nalishida harakatlanyapti, uning tarkibiga, boshqa narsalar qatorida, «SHCHuka» («Chekan») zirhli transport vositalari, yonilg‘i yuk mashinalari, PAZ, avtobuslar, KamAZlar, yuk mashinalari va «Ural»lar, pikaplar hamda yengil avtomobillar kiradi. 

Avtotransport vositalarida Rossiya, shuningdek, «LXR» raqam belgilari mavjud. 

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarusda joylashgan «Vagner» XHK «yollanma askarlari», uning so‘zlariga ko‘ra, «Varshavaga ekskursiyaga borishni» xohlayotgani sababli vaziyatni «qiyinlashtirishni boshladi». Lukashenko bu haqda 23 iyul kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda gapirdi.

Mavzuga oid
Top