Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Moskvaga borib, u yerda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan Vengriyaga «Turk oqimi» gaz quvuri orqali gaz va «Drujba» neft quvuri orqali neft yetkazib berish masalalarini muhokama qilgandi.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi qish Yevropa uchun juda issiq bo‘lgan oldingisiga qaraganda jiddiyroq sinov bo‘lishi kutilmoqda.
«Xalqaro energetika agentligi Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanishi tufayli energiyaga bo‘lgan talabning keskin ortishi va Yevropa energetika infratuzilmasi rivojlanishining o‘ta sekin sur’ati tufayli kelasi qishda haqiqiy qiyinchiliklar paydo bo‘lishidan aniq ogohlantirdi», — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri.
Uning ta’kidlashicha, «Vengriyaning energiya ta’minoti xavfsizligi gaz, neft va yadro yoqilg‘isini uzluksiz tashishni talab qiladi».









