Farg‘onada karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng yerto‘lalardagi yong‘in xavfsizligi tekshiriladi
Farg‘ona shahrida joylashgan karaoke kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. FVB matbuot xizmati bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kamchiliklarni aniqlash yuzasidan ishchi guruh hamda shtab tashkil qilinganini bildirdi.
Qayd etilishicha, 29 iyul kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi binosida viloyat ishchi guruhi hamda shtab tashkil qilindi. Tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘sha kunning o‘zida ushbu 25 ta tuzilgan ishchi guruhning har biriga 11 nafardan mutaxassislar biriktirildi va Farg‘ona shahridagi 73 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolarining yerto‘la qismida tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, o‘quv markazlari, ko‘ngilochar servis shoxobchalarining yong‘in xavfsizligi va sanitariya holatini xatlovdan o‘tkazish vazifasi belgilab olindi.
Farg‘ona shahar «Mash’al» MFY Sayilgoh ko‘chasidagi to‘rt qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in 29 iyul kuni sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 11:44 da yetib borib, yong‘in soat 11:48 da qurshab olinib, soat 11:56 da to‘liq bartaraf etilgandi.
Hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Prezident topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. O‘rganish ishlari davomida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro yong‘indan chiqqan tutundan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
-
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

17:31 / 24.05.2025
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj

21:32 / 19.05.2025