Rossiyaning Mariy El Respublikasidagi Yalçik kölidagi dovul oqibatida kamida sakkiz kişi halok böldi. Bu haqda Yoşkar-Ola şahri meri Yevgeniy Maslov ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, böron tufayli 10 kişi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari oğir ahvolda. Bundan avvalroq Rossiya FVV Yalçik kölidagi dovul paytida yetti kişi halok bölib, 20 kişi yaralanganini xabar qilgandi.

Mariy El rahbari Yuriy Zaytsev bergan ma’lumotga köra, Yalçik köli böyidagi yovvoyi plyajda çodirlardan tiklangan lager ustiga daraxtlar qulagan. Uning sözlariga köra, qurbonlar orasida — uç nafar bola ham bor. FVV ma’lumotiga köra, sayyohlar guruhi qutqaruv xizmatlari tomonidan röyxatga olinmagandi.

«Pod’yem» naşri qutqaruvçilarga tayanib yozişiça, hodisa röy bergan vaqtda Yalçik köli sohidagi lagerda 500 taga yaqin avtomobil bölgan. Böron boşlangaç, köpçilik örmondan çiqişga harakat qilgan, ammo qulagan daraxtlar çiqiş yöllarini tösib qöygan. Guvohlarning sözlariga köra, ayollar va bolalarni qulayotgan daraxtlar ostida qolmasligi uçun sohilga olib çiqişgan.

29 iyul kuni Privoljskiy (Volga böyi) federal okrugida sakkiz regionda, jumladan Mariy Elda böron kuzatildi. Şamol tezligi soniyasiga 27 metrga yetgan. FVV xabariga köra, qariyb 100 ming kişi yaşaydigan 520 ta aholi yaşaş manzillarida 550 dan ortiq daraxtlar qulagan, 41 uy va yettita ijtimoiy obektlar tomi şikastlangan. FVV soat 7:32 da bergan ma’lumotga köra, federal okrugda böron tufayli töqqiz kişi halok bölgan, 65 nafardan ortiq kişi jarohat olgan. Tataristonda daraxt sayyohlar çodiri ustiga qulaşi oqibatida bir bola halok bölgan.