29 iyul kuni Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK jamoasi «Jar» stadionida «Surxon»ni qabul qilib, 2-davrani mag‘lubiyat bilan boshladi. Sergey Tokov boshqaruvidagi nisbatan yosh tarkibga ega termizliklar ancha tajribali tarkibga ega bo‘lgan Olmaliq klubidan ustun keldi.
OKMK «Surxon»ga qarshi bahsda hisobni ochgan bo‘lsa-da, termizliklar 3ta gol bilan javob qaytarishdi. O‘yin yakunida olmaliqliklar yarimhimoyachisi Abdulla Abdullayev dublini rasmiylashtirgan bo‘lsa-da, bu jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi – 2:3. OKMK turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi, «Surxon» 22 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Tribuna.uz fotomuxbiri Hasan Yusupov mazkur bellashuvdan fotojamlanma tayyorladi.






























