Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London «Vagner»ni Prigojin isyoni tufayli terrorchilik tashkiloti deb tan olmadi - The Times
«Vagner» XHKni terrorchilik tashkilotlari qora ro‘yxatiga kiritish Prigojin isyoni va Putinning guruhning Rossiya davlati bilan bevosita aloqalari haqidagi bayonotlari tufayli Buyuk Britaniya tomonidan kechiktirildi, deb yozadi The Times.
Buyuk Britaniyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini (XHK) terrorchi tashkilot sifatida qora ro‘yxatga kiritish rejasi iyun oyida Yevgeniy Prigojinning isyoni va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning guruhning Rossiya davlati bilan bevosita aloqalari haqidagi da’volari tufayli to‘xtatib qo‘yilgan. Bu haqda 30 iyul, yakshanba kuni Britaniyaning The Times gazetasi yozdi.
XHKni ro‘yxatga qo‘shishning huquqiy asoslari dastlab qiyin edi, chunki guruh «harbiy tuzilma» sifatida harakat qilgan, ammo Prigojinning «amnistiyasi»dan keyin vaziyat yanada murakkablashdi, deb yozadi gazeta.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 iyun kuni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan uchrashuvda Rossiya davlati «Vagner» XHKni ta’minotiga to‘liq yordam berganini tan oldi, ammo avvalroq rasmiylar guruhni moliyalashtirishga aloqadorligini bir necha bor rad etgandi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning mayidan 2023 yilning mayigacha «Vagner» XHK a’zolari ta’minoti va ularni rag‘batlantirishga budjetdan 86 milliard rubl, sug‘urta to‘lovlari uchun yana 110 milliard rubl ajratilgan.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026