Samarqand viloyatida 4 ta tarixiy obyektga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
Urgut tumanidagi «To‘lqirtepa-1» arxeologiya yodgorligining bir qismi maxsus texnikada kovlab olingan, qolganlari esa qisman buzilgan. Holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi «To‘lqirtepa-1» arxeologiya yodgorligiga katta miqdorda zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, tumanning Mingtepa mahallasida joylashgan «To‘lqirtepa-1» arxeologiya yodgorligining 163 metr kub hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olingan. Buning oqibatida tarixiy obektga 4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Shuningdek, tumanning Quyiqishloq mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid «Teshiktepa», Dehqonobod mahallasidagi «Qulqishloqtepa-2» va Ogahiy mahallasidagi «Mozortepa» arxeologiya obektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuraturaning eslatishicha, mazkur jinoiy ishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
Oldinroq Buxoroda 5 ta tarixiy yodgorlikka qariyb 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024