Özgarişlarga köra:
- Bahrom Mansurov Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi direktori lavozimida;
- Ilhom Ne’matullayev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimida iş boşladi.
Bahrom Mansurov Ukrainadagi Ivano-Frankovsk neft va gaz institutini tamomlagan. U “Şörtan gaz kimyo majmuasi” unitar şu’ba korxonasi boş texnologi, boş muhandisi, direktori, “Öztransgaz” boşqaruvi raisining işlab çiqariş böyiça birinçi örinbosari - boş muhandisi bölgan.

Bahrom Mansurov 2019 yildan buyon Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi boş direktorining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Ilhom Ne’matullayev Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. Bundan oldin u Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği bölgan.

2019 yilning fevral oyi örtalarida «Özatom» agentligi rahbari Jörabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi. U Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi boş direktori lavozimini saqlab qolgan. 2022 yilning sentabr oyi oxirlarida Jörabek Mirzamahmudov energetika vaziri böldi.












