“Özbekneftgaz”ning UNG Petro AYoQŞlarida Ai-92 markali benzin uçun mart oyidan buyon amal qilib kelgan çegirma bekor qilinib, narx 7500 sömdan 8600 sömga kötarildi.
Navröz bayrami arafasida e’lon qilingan çegirma 1 maygaça davom etişi belgilangan, lekin keyin uni bekor qiliş noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Öşanda Energetika vazirligi çegirma muddatini uzaytirib, may oyi içida narx 7500 sömdan ham arzonlaşişi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Lekin amalda bunday bölmadi.
Eslatib ötamiz, Ai-92 benzini vaqtinça aksiyadan oldin 9000 sömdan yuqori narxda sotilayotgandi.
May oyida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “UNG Petro” MÇJni xususiylaştiriş böyiça konsalting kompaniyalari uçun tanlov e’lon qilgan. Kompaniya Özbekiston böylab 78 ta AYoQŞga egalik qiladi.
Benzin işlab çiqariş va import qiliş keskin oşdi. Bunga sabab nimada?












