Qonunchilik palatasida «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Ushbu qonunda pedagog tushunchasi, pedagogning maqomi, uning huquq va majburiyatlari hamda pedagog faoliyatining asosiy kafolatlari belgilangan.

Qonun loyihasi bilan:

  • pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi;
  • ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi;
  • biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar mustahkamlanmoqda.