Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bir sutkada 10 dan ortiq «voyenkomat»ga o‘t qo‘yish holati kuzatildi
Kun davomida Rossiya bo‘ylab harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishga kamida 14 ta urinish qayd etilgan, deb yozadi rus tilidagi OAV va Telegram-kanallari. Qo‘lga olinganlarning aksariyati ayollardir.
Rossiyada oxirgi uch kun ichida harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishga kamida 14 marta urinish bo‘lgan. Bu haqda 1 avgust, seshanba kuni rus tilidagi ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallari xabar berdi.
Xususan, mustaqil matbuot Sankt-Peterburg, Moskva yaqinidagi Mojaysk va Podolsk (u yerda birdaniga ikkita o‘t qo‘yishga urinish bo‘lgan), Qozon, Omsk, Kaluga, Verxneuralsk (Chelyabinsk viloyati), Rossoshi (Voronej viloyati), Volsk (Saratov), Kopeysk (Chelyabinsk viloyati), Aginskoye qishlog‘i (Transbaykal o‘lkasi)da sodir bo‘lgan voqealar haqida xabar berdi.
Baza Telegram-kanalining xabar berishicha, 1 avgust kuni Kopeyskda Chelyabinsk metallurgiya zavodining 54 yoshli xodimi Irina R. harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishga uringani uchun qo‘lga olingan. U «Molotov kokteyli»ni harbiy komissarlik tibbiyot xonasiga uloqtirgan.
O‘sha kechasi Verxneuralskdagi harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishga harakat qilingan. Voqea joyida 34 yoshli mahalliy fuqaro Darya Sh qo‘lga olindi. Yana bir holatda, Kaluga shahridagi harbiy komissarlikka o‘t qo‘yilmoqchi bo‘lingan. U yerda 78 yoshli pensioner ayol o‘t qo‘yishga uringani uchun qo‘lga olindi, deyiladi o‘sha postda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025