Yirik davlat banklarini xususiylashtirish kechiktiriladi
«O‘zsanoatqurilishbank»ning xususiylashtirilishi 2024 yilning oxiriga qadar, «Asakabank»ning xususiylashtirilishi esa 2025 yilning oxiriga qadar uzaytirildi. «Xalq banki», «Mikrokreditbank» «Aloqabank», «Agrobank», «O‘zmilliybank»larning IPO muddatlari ham 2023 yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 yanvariga qadar cho‘zildi.
«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda keltirilishicha, «O‘zsanoatqurilishbank»ning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ma’qullangan:
● Kuzatuv kengashi tomonidan bank boshqaruvi raisi va uning a’zolarini mustaqil ravishda tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish amaliyoti joriy qilinadi;
● «O‘zsanoatqurilishbank» xususiylashtirilgunga qadar bank oddiy aksiyalari bo‘yicha dividend to‘lanmagan holda uning sof foydasi taqsimlanmaydi;
● 2024 yil yakuniga qadar bankdagi davlat ulushini 50 foizgacha tushiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda «O‘zsanoatqurilishbank»ka ajratilgan umumiy qiymati 1 trln 280 mlrd so‘m kredit liniyalarini subordinar qarz sifatida rasmiylashtirib beradi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, «O‘zsanoatqurilishbank»ning xususiylashtirilishi 2024 yilning oxiriga qadar, «Asakabank»ning xususiylashtirilishi esa 2025 yilning oxiriga qadar uzaytirildi. «Qishloq qurilish bank»ning IPO’si esa 2024 yilning 1 martiga qadar cho‘ziladi.
Shuningdek, «Xalq banki», «Mikrokreditbank» «Aloqabank», «Agrobank», «O‘zmilliybank»larning IPO muddatlari ham 2023 yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 yanvariga qadar uzaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
Jahon | 21:47
-
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
Jahon | 21:45
-
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?
Jahon | 21:41
-
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 21:39
Mavzuga oid

15:39 / 18.04.2025
Fitch Ratings: O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin

21:36 / 01.04.2025
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

16:21 / 27.03.2025