1 sentabrdan «Agroplatforma» axborot tizimi joriy etiladi
“Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 sentabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi. Mazkur platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
2024 yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi. Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil yakunigacha:
Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.
Bunda, yerdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “CropAgro” axborot tizimi joriy etiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi geoportallari takomillashtirilib, tegishli hududlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy ma’lumotlardan ochiq foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yil 1 fevralgacha sohadagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan.
2023 yil 1 oktyabrgacha “Agroplatforma” ATda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
-
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
Jahon | 10:41
-
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 10:41
Mavzuga oid

13:35 / 01.07.2025
Yevroittifoq Ukraina uchun agromahsulotlar importini yengillashtiradi

14:47 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14:10 / 09.06.2025