Prezident Shavkat Mirziyoyev, ko‘plab sharoitlar yaratib berilganiga qaramasdan, kambag‘allik darajasi yuqoriligicha qolayotgan tumanlarni sanab o‘tdi.
Bunday holat – Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli va Shumanay tumanlarida kuzatilmoqda.
Tadbirkorlik sohasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.
Ishdan olingan amaldorlar:
- Namangan shahar hokimi birinchi o‘rinbosari Rustam Isoqov;
- To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elyorjon Ismatullayev;
- Mirzacho‘l tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jahongir Lapasov;
- Shumanay tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Askarbay Kaljanov;
- Xo‘jayli tumani hokimi iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Kuatbek Kudaybergenov;
- Bog‘ot tumani hokimi birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Qahramon Rajabov;
- Chimboy tumani hokimi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azamat Moldaxmetov;
- Taxtako‘pir tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Dauletbay Janabayev;
- Qonliko‘l tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Farhod Xolmuratov;
- Shahrixon tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rahmatillo Razzaqov;
- Qo‘shko‘pir tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sanjarbek O‘razmetov;
- Bo‘ka tumani hokimi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherali Yarbekov;
- Bekobod tumani hokimi moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Beknazarov;

















