2025 yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Ta’lim nazorati” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2023 yil 3 iyuldagi PQ–200-son tegishli qarorida o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritilgan.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
- oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.














