Klaudio Raneri ushbu bahsda Eldor Shomurodovni hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda, o‘yinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirdi. O‘zbekistonlik hujumchi norasmiy debyutida maydonda 30 daqiqa harakat qilib, hujumkorlikni oshirishga intildi. Sardiniyaliklar o‘yinning 90+1-daqiqasida penaltidan gol kiritib, uchrashuvni o‘z foydalariga hal etishdi – 2:1.

Shu kuni Shomurodov yangi klubi safida 34-raqam ostida harakat qildi.

O‘rtoqlik o‘yini. 2 avgust
Kalyari – Komo – 2:1

Gollar: Lella 32, Nikolas Viola 90+1 – Di Blanko 60.