Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joy Turkiya davlati hududi bo‘lmasligi ham mumkin.

Peskov rejalashtirilgan uchrashuvning kun tartibida Ukraina va «g‘alla bitimi» bo‘lishini qayd etdi. 

Kreml vakili, shuningdek, 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Putin va Erdo‘g‘an «Azovstal» himoyachilarini Ukrainaga qaytarish masalasini muhokama qilmaganini ham aytdi. 

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telefon orqali Qora dengiz don yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni uzaytirish masalasini batafsil muhokama qilgan.

Ukraina prezidentining xabar berishicha, suhbatdoshlar «Qora dengiz g‘alla tashabbusi faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar bo‘yicha kelishib olgan» va «tinchlik formulasi»ni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan. 

Bundan tashqari, Zelenskiy Turkiya prezidentidan ukrainalik mahbuslar, xususan, qrim-tatarlarning vatanga qaytishiga ko‘maklashishni so‘ragan.