Jahon | 11:06 / 04.08.2023
6862
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjiston Amerika avtomobillarining Rossiya va Belarusga eksportini taqiqladi

1 avgustdan Gurjiston Rossiya va Belarusga Amerika avtomobillarini eksport va reeksport qilishni taqiqladi, 26 sentabrdan esa xuddi shunday qoidalar Yevropa Ittifoqi avtomobillariga nisbatan qo‘llanadi, deb yozadi Business Media.

Foto: Shutterstock

Ushbu chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqining o‘n birinchi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida kiritilmoqda. 

U qabul qilinishidan oldin, Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qiymati 50 ming yevrodan ortiq bo‘lgan avtomobillarni yetkazib berish taqiqlangan edi, keyin taqiq dvigatel hajmi 1900 kub sm (1,9 l)dan ortiq bo‘lgan avtomobillarga, shuningdek, barcha elektr va gibrid transport vositalariga ham qo‘llandi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyani Ukrainada urush boshlagani sabab jazolash maqsadidagi sanksiyalarining 11-paketini e’lon qilgandi.

Yangi cheklovlar to‘plami bunga qadar o‘rnatilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi. Endilikda Yevroittifoqning tegishli organlari sanksiya ostidagi tovarlarning Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali kirib borishiga qarshi taqiqlarni kengaytirishi mumkin bo‘ldi.

Yangi sanksiyalarga Rossiyaning bir qator kompaniyalari va shaxslari, shuningdek, xorijiy kompaniyalar ham kiritildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid