TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi, O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga baho berildi.

Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi. 

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.