Toshkentda katta miqdordagi jinoiy daromadlarni legallashtirgan shaxslar aniqlandi
Ular avtomashina yetkazib berish bo‘yicha lizing shartnomasi tuzib, mijozlarning katta miqdordagi mablag‘larini naqdlashtirib olgan.
Toshkent shahrida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha lizing shartnomasi tuzib, mijozlarning katta miqdordagi mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, 2022 yilda tashkil etilgan korxona xodimlari 188 nafar fuqaroga muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha lizing shartnomasi asosida jami 9,8 mlrd so‘mini dastlabki to‘lov sifatida qabul qilib, shundan 138 nafar fuqaroga avtomashina olib bermasdan, mijozlarning 946,2 mln so‘mini plastik kartalariga o‘tkazib, naqdlashtirib olgan.
Shuningdek, boshqa bir korxona xodimlari 98 nafar fuqaro bilan muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan lizing shartnomasi bo‘yicha 4,7 mlrd so‘mni dastlabki to‘lov sifatida qabul qilib, shundan 1,5 mlrd so‘mni o‘z plastik kartalariga o‘tkazib, naqdlashtirib olgan. Bundan tashqari, 462 mln so‘mni yana bir korxonaning nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun o‘tkazib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 17:42
-
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:34
-
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 17:28
-
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 17:25
Mavzuga oid

08:56
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

17:23 / 01.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi

17:14 / 01.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi

09:32 / 01.04.2025