«Kalyari» hujumchisining aytishicha, uning milliy jamoadagi sherigi TsSKAga o‘tish masalasida Eldordan maslahat so‘ragan.
«Abbos bilan Toshkentda tushlik qilgandik va u TsSKAga o‘tish masalasida men bilan maslahatlashdi. Uning qarorini qo‘llab-quvvatladim. Zero, futbolchi uchun yangi darajaga ko‘tarilish har doim muhim», - deydi Shomurodov «Chempionat.com» saytiga.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasiga o‘tishidan avval Rossiyaning «Rostov» klubi sharafini himoya qilgandi.

















