KGB va «MVD» qarama-qarşiligi: SSSR içki işlar vaziri nega öz joniga qasd qilgandi?
|18:16 / 05.08.202343 04714 min
1982 yil dekabrda SSSR içki işlar vaziri Şçyolokov işdan böşatiladi, barça unvon va mukofotlardan mahrum etiladi. Köp ötmay avvaliga sobiq vazirning xotini, söng özi joniga qasd qiladi. Şçyolokovning bunday qilişiga avvalroq uning SSSR rahbari Yuriy Andropovga yoqmay qolgani sabab bölgandi. Ularning qarama-qarşiligi Brejnev tirikligida, 1970-yillar oxirida boşlangandi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
SSSRda Andropov KGB rahbari bölib işlagan yillarda (1967-1982) juda köplab hodisalar bölib ötgan. Vetnam uruşi (bu uruşda sovet harbiylari ham iştirok etgan), Afğon uruşi, şuningdek, köplab KGB xodimlarining Ğarbga qoçib ketişi öşa davrda sodir bölgan.
Andropov mamlakatdagi eng asosiy taşkilotni boşqarar ekan, juda katta vakolatlarga ega edi. Şu sababli, u 1970-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab SSSRning içki va taşqi siyosatiga aktiv aralaşa boşlaydi. Oqibatda Andropov va boşqa yuqori lavozimli amaldorlar örtasida kelişmovçiliklar çiqib kela boşlaydi.
Masalan, Andropov Özbekiston rahbari Şarof Raşidovni mutlaqo yoqtirmagan. Bunga asosiy sabablardan biri Raşidov sovet qöşinlariningg Afğonistonga kiritilişiga qarşi bölgan.
Öşa uruş taşkilotçisi sifatida Andropovga Özbekiston rahbarining bu pozitsiyasi yoqmagan. Biroq Raşidov Leonid Brejnev bilan juda yaqin bölgani uçun mamlakat rahbari vafot etgunça Adropov unga inday olmagan.
1970-yillar oxirida Andropov SSSR içki işlar vaziri Şçyolokov bilan teskari bölib qoladi. Şçyolokovga Andropovning içki işlar vazirligining işiga aralaşavergani yoqmasdi. Ular örtasidagi birinçi tortişuv Kremlni kim qöriqlaşi yuzasidan kelib çiqadi.
Andropov KGB rahbarligiga yaxşilab örnaşib olgaç Kremlni qöriqlaşni içki işlar vazirligidan tortib oladi. Biroq Şçyolokov ham böş kelmaydi va mamlakat qonunlari böyiça Kremlni KGB xodimlari emas, içki işlar xodimlari qöriqlaşi lozimligini aytib, «çekist»larni Kremldan quvib yuboradi.
Uning bu işi Andropovning ğazabini qözğatadi. Biroq KGB rahbari qançalik qudratli bölmasin içki işlar vaziriga heç narsa qila olmaydi. Çunki Şçyolokov mamlakat rahbari Brejnev bilan yaqin aloqalarda edi.
Şçyolokov Brejnev bilan yoşlikdan döst bölişgan va keyinçalik ham döstona aloqalar saqlanib qolgandi. Şu sababli Brejnev mamlakat rahbari bölganidan söng ikki yil ötib Şçyolokovni SSSR içki işlar vaziri etib tayinlaydi. Qolaversa, Şçyolokov Brejnevning atrofidagi muhim şaxslar bilan ham yaxşi aloqada edi.
KGB rahbari Andropov va SSSR içki işlar vaziri Şçyolokov
www.tvc.ru
Agar tarixga nazar taşlansa Andropov va Şçyolokov ikkita taşkilot rahbarligiga qariyb bir vaqtda kelganini köriş mumkin. Şçyolokov 1966 yil sentabrda SSSR içki işlar vaziri etib tayinlangan. Andropov esa 1967 may oyida KGB rahbari bölgan.
Mavzuga oid
1970-yillar oxirigaça Andropov va Şçyolokov örtasida jiddiy kelişmovçiliklar sodir bölmagan. KGB rahbari 1970-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab SSSRning içki va taşqi işlarga aralaşa boşlar ekan, tom ma’noda militsiyani ham öziga tobe hisoblardi.
Biroq Brejnevning himoyasida bölgan Şçyolokov unga böysunişni xohlamasdi. KGB rahbarining hatto Brejnevni ham pisand qilmay özini mamlakatdagi eng qudratli şaxs hisoblaşi Şçyolokovga yoqmasdi.
1980 yilda sodir bölgan bir hodisa tufayli ikki rahbarning özaro zimdan olib borgan nizosi özining çöqqisiga çiqadi. Militsiya xodimlari KGB mayorini öldirib qöyişadi.
Biroq ana şunday vaziyatda ham içki işlar vaziridan öç ololmagan Andropov alamini Moskva şahar militsiyasidan oladi. Öldirilgan KGB mayori uçun tört nafar militsiya xodimi ölim jazosiga hukm qilinadi. Yana köplab xodimlar turli jazolarni olişadi.
Öşanda Şçyolokov mamlakatdagi eng qudratli şaxs bilan qarama-qarşilik keyinçalik ayançli oqibatlarga olib kelişini bilmasdi. Andropov Brejnevning vafotidan keyin Şçyolokovdan öç olişga muvaffaq böladi.
Oxir-oqibat KGB va IIV rahbarlarining qarama-qarşiligi Brejnev vafotidan söng Şçyolokovning işdan böşatilişi va KPSS markaziy qömitasidan haydalişi bilan tugaydi. Köp ötmay uning xotini öz joniga qasd qiladi.
Keyinçalik, Andropovdan söng SSSRni boşqargan Konstantin Çernenko davrida ham zuğumlar töxtamagaç Şçyolokovning özi ham joniga qasd qiladi.
Andropov, Brejnev va Şçyolokov
back-in-ussr.com
KGB va IIV rahbarlarining qarama-qarşiligini keskinlaştirgan hodisa
1980 yil 26 dekabr kuni keçki payt KGB mayori Vyaçeslav Afanasev mast holda Moskva metrosiga tuşadi va uxlab qolib oxirgi «Jdanovskiy» bekatiga borib qoladi.
Uni metro xodimlari uyğotişadi, biroq şirakayf mayor vagondan tuşişni xohlamaydi. Şunda metro xodimlari bekatda xizmat olib borayotgan militsiya xodimlarini yordamga çaqirişadi.
Uç nafar militsiya xodimi mastni bekatdagi xonaga olib kirib, undan şaxsni tasdiqlovçi hujjat söraşadi. Biroq bir neça şişa aroq va kamyob kolbasa solingan qoğoz paket kötarib olgan mastning yonida heç qanday hujjat yöq edi. Şu yerda militsionerlar uni döpposlaşadi.
Mastni döpposlaşayotganda u özini KGB mayori ekanini va militsionerlarni umrbod qamatib yuborişini aytib sökadi. Bundan jahli çiqqan militsiya xodimlari uni yana urişadi va mastni özlari xizmat qilayotgan 5-bölimga olib borişadi.
Bölimda mastni yana döpposlaşadi. Şu yerda uning şaxsiga aniqlik kiritilganda mast haqiqatdan KGB mayori Afanasev ekani oydinlaşadi.
Militsionerlar KGB mayorini döpposlaşgani oşkor bölarkan, bu iş uçun mamlakatdagi eng qudratli taşkilot dahşatli tarzda öç olişi aniq edi. Şu sababli militsiya bölimi boşliği Boris Barişev xodimlarga darhol Afanasevni şahar çetiga olib çiqiş va öldirib taşlab ketişni buyuradi.
Bölim boşliği şunaqa qilinsa yopiğlik qozon yopiğligiça qolib ketadi va KGB mayorining militsionerlar tomonidan kaltaklanganini heç kim bilmay qoladi deb öylagandi. Biroq unday bölmaydi.
Militsionerlar Afanasevni Moskva viloyati hududiga olib çiqişadi va boşiga armatura bilan urib jarohat yetkazişadi. Söng öşa atrofdagi KGB xodimlarining dala hovlilari joylaşgan hududga taşlab ketişadi.
Afanasev çalajon holda yotganida ötkinçilar körib qolişadi va darhol kasalxonaga olib borişadi. Biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmaydi. Oradan tört kun ötib, 1981 yil 1 yanvar kuni mayor vafot etadi.
KGB mayorini sud-tibbiy ekspertizadan ötkazişganda, uni bir neça kun oldin döpposlaşgani va boşiga armatura bilan urib jarohatlaşgani ma’lum böladi. Şundan söng KGB suriştiruvlarni boşlab yuboradi.
KGB mayorining çalajon holda ovloq joyga taşlab ketilişi juda katta şov-şuvga aylanadi. Çunki Afanasev KGBning juda muhim bölimida işlardi.
KGB rahbari Andropov xodimlari bilan
www.liveinternet.ru
Qolaversa, öşa yili KGBning muhim xodimlaridan biri Viktor Şeymov AQŞga qoçib ketgan va bu Andropovning şa’niga doğ bölib tuşgandi. Şu sababli KGB rahbari Afanasevni öldirganlarni topib jazolab, öz nomini oqlab olişni xohlardi.
Boşqa tarafdan, Andropov nomini eşitgandan barça titrab turadigan taşkilot zobitini döpposlab öldirişga kim jur’at etganini bilişni istardi. Şu sababli Afanasevni döpposlab öldirganlarni topişga juda katta kuç taşlaşadi.
Afanasevni urganlarni qidirişda IIVning operativ-suriştiruv guruhi xodimlari ham iştirok etadi. Suriştiruv işlari boş prokuraturaga topşiriladi. Asosiy gumonda IIB xodimlari edi.
KGB va IIV maxsus bölimlaridan tuzilgan tezkor-qidiruv guruhiga SSSR boş prokuraturasining alohida muhim işlar böyiça tergovçisi Vladimir Kaliniçenko boşçilik qiladi.
Keyinçalik Kaliniçenko özining «Tergov va hokimiyat» kitobida Avanasevning öldirilişi işini tergov qilar ekan, içki işlar vazirligining yuqori mansabdorlaridan öziga turli tayziqlar bölganini, tergov vaqtida va suddan keyin özi va oilasini ikki yil mobaynida KGBning maxsus «Alfa guruhi» qöriqlab yurganini yozgan.
Suriştiruvlar davomida Afanasevni metroda uşlab bölimga olib borilgani ma’lum bölgaç darhol mayorni öldirganlikda gumonlanib olti nafar militsioner uşlanadi. Ular orasida militsiya bölimi boşliği Boris Barişev ham bor edi.
Avvaliga militsiya xodimlari Afanasevni tanimasliklarini aytib turib olişadi. Biroq metro xodimlari KGB mayorini militsiya xodimlari olib ketgani haqida körsatma bergaç, ular Afanasevni huşyorxona xodimlariga topşirişganini aytişadi. Kaliniçenko ularga işonadi va Moskva şahar huşyorxonalari bölimi boşliğini hibsga oladi.
«Afanasev işi»ni taftiş qilgan prokuror Vladimir Kaliniçenko
inosmi.ru
Biroq köp ötmay KGB mayorini huşyorxona xodimlari olib ketmagani oşkor bölgaç, prokuratura tergovçisi huşyorxonalar bölimi boşliğini ozod qiladi. Şundan söng militsionerlar öz ayblarini tan olişga majbur bölişadi.
KGB mayorini militsiya xodimlari döpposlab öldirgani uzil-kesil aniq bölgaç eng avval Afanasev olib borilgan 5-bölim xodimlari töliq işdan böşatib yuboriladi.
Bundan taşqari, Andropovning topşiriği bilan KGB xodimlari Moskva şahri içki işlar boşqarmalari işini taftiş qiliş uçun tekşiruvlarni boşlab yuboradi.
Tekşiruv yakunida Moskva şahrida işlayotgan 300 nafar militsioner işdan haydaladi. Ular orasida oddiy xodimlardan tortib yuqori lavozimga ega zobitlargaça bor edi.
1982 yil iyun oyida Afanasevning öldirilişi böyiça sud hukmi e’lon qilinadi. Unga köra mayorni bölimga olib borgan uç nafar xodim va bölim boşliği Boris Barişev ölim jazosiga hukm etiladi. Yana boşqa köplab xodimlar turli jazolar olişadi.
Şçyolokovning boşiga tuşgan körgiliklar
KGB mayorining ölimiga militsionerlar sabab bölgan va ular jazolangan bölsa ham Andropov Şçyolokovga heç narsa qila olmaydi. Kimsan, mamlakat rahbarining yaqin dösti bölgan şaxsga kim nima deya olardi?!
1982 yil 10 noyabr kuni kutilmaganda Brejnev vafot etadi. (Uni Andropov öldirgan ham deyişadi) Sal avval KGB rahbarligidan böşab KPSS markaziy qömitasi kotibi lavozimini egallagan Andropov Brejnevning dafn etilişini kutib ötirmaydi va 12 noyabr kuni SSSR rahbari böladi.
Nihoyat Andropov uçun Şçyolokov bilan özaro hisob-kitob qilib oladigan vaqt kelgandi. Andropov davlat rahbari bölgandan 35 kun ötib, 17 dekabr kuni uning birinçi qilgan işi Şçyolokovni işdan böşatiş böladi.
Şçyolokov va uning xotini
www.liveinternet.ru
Andropov vazirni işdan böşatiş bilan çeklanib qolmoqçi emasdi. Öziga qarşi çiqqanlardan ayovsiz tarzda öç olib kelgan Andropov endi Şçyolokovni mansabni suiiste’mol qilişda, pora olişda ayblay boşlaydi. Sobiq vazir uçun notinç kunlar boşlanadi.
Köp ötmay Şçyolokovning uyida tintuv ötkazişadi va u yerdan qimmat avtomobillar, suratlar va qimmatbaho buyumlar topişadi.
Aslida öşa paytda yuqori lavozimli istalgan amaldorning uyidan Şçyolokovning uyidan topilgandan köp narsa topilardi. Biroq davlat rahbariga (ya’ni Andropovga) faqat Şçyolokov yoqmay qolgandi.
Şçyolokovning davlatga yetkazgan zarari 500 ming rublga baholanadi (öşa paytdagi kurs bilan bu summa 400 ming dollardan oşardi).
Işdan böşatilganidan ikki oy ötib, 1983 yil 19 fevral kuni KGB tomonidan uyuştirilayotgan bosimlarga çiday olmagan Şçyolokovning xotini Svetlana Şçyolokova öz joniga qasd qiladi. Şunda ham Andropov tomonidan sobiq vazirga bosimlar kamaymaydi.
1983 yil 15 iyun kuni Şçyolokov KPSS markaziy qömitasi a’zoligidan çiqariladi. KGB xodimlari sobiq vazirni tergov qilişda davom etişadi.
1984 yil 9 fevral kuni kutilmaganda Andropov vafot etadi. Biroq uning sadoqatli şogirdlari amal kursida bölgani uçun Şçyolokovga ötkazilayotgan bosim yanada battar köriniş oladi.
1984 yil 6 noyabr kuni undan general unvoni tortib olinadi. Oradan bir oy ötgaç 1984 yil 7 dekabr kuni sobiq vazir partiya safidan öçiriladi. Öşa paytda Şçyolokovga qilinayotgan munosabat uning javobgarlikka tortilişiga va qamalişiga qarab borayotgandi.
1984 yil 12 dekabr kuni Şçyolokovga sönggi zarba beriladi. Undan barça davlat mukofotlari tortib olinadi. Öşanda sobiq vazirda birgina Lenin ordenidan törtta, umumiy hisobda yigirmadan oşiq turli orden va medallar bölgan.
Şçyolokov
www.maximbregnev.ru
Bu işdan söng uning asabi doş bermay qoladi va oradan bir kun ötib, 1984 yil 13 dekabr kuni uyida ov miltiği bilan özini otib, joniga qasd qiladi.
Ölimidan söng ötkazilgan tekşiruvlarda, u joniga qasd qilişdan uç kun avval Andropovdan keyin SSSR rahbari bölgan Konstantin Çernenkoga maktub yozgani ma’lum böladi.
Şçyolokov maktubida bolalarini «iş»ga aralaştirmasliklarini, ularning aybi yöqligini, özi ham partiyaga va davlatga xiyonat qilmaganini, bunday yomon munosabatga hamda ayblovlarga munosib emasligini yozgandi.
Keyinçalik, Andropov va undan qolgan tuzum sobiq vazirni bir qança işlarda ayblar ekan, uning bolalari bilan qörqitib, bosim ötkazgani va bunga çiday olmagan Şçyolokov öz joniga qasd qilgani oydinlaşadi.
Sovetlar mamlakatdagi eng muhim taşkilot, içki işlar vazirligi rahbarini işdan böşatib, uni turli jinoyatlarda ayblar ekan, tafsilotlar ommadan yaşiriladi.
Odamlar faqat içki işlar vaziri özgargani haqida xabar topişadi. Qolgan barça tafsilotlar, sobiq vazirning ayblanişi, undan unvonlar va davlat mukofotlarining tortib olinişi, partiyadan quvilişi kabi işlar barçadan sir tutiladi.
Uning öz joniga qasd qilgani ham yaşiriladi. Çunki kimsan sobiq SSSR içki işlar vazirining öz joniga qasd qilişi mamlakatning xalqaro maydondagi obrösini tuşirardi.
Şu sababli Şçyolokov vafot etdi degan xabar beriladi va uning öz joniga qasd qilgani haqida lom-lim deyilmaydi.
1991 yilda SSSR parçalanib ketgaç bir muddat arxivlar oçiladi va sobiq SSSR içki işlar vazirining ölimi sirlari oşkor qilinadi. Şunda Şçyolokovning ayançli taqdiri va u asosan Andropov bilan qarama-qarşilik tufayli jabrlangani ommaga oşkor böladi.