O‘tgan mavsumga ko‘ra Angliyaning 3-jamoasi va Fransiyaning 2-jamoasi o‘rtasidagi bahs uchun jamoalar tarkibi ma’lum bo‘ldi. «MYu» «Lans»ga qarshi asosiy tarkibini tushirgan. Fransuzlar tarkibida esa o‘zbekistonlik 19 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. 

Ma’lumot uchun, o‘yin soat 16:30 boshlanadi va «MYu»ning rasmiy saytida translatsiya qilinadi.