«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘rganish davomidada loyiha doirasida amalga oshirilgan ijobiy holatlar bilan qatorda, mas’ullar tomonidan yashillashtirish siyosati va belgilangan vazifalarga sovuqqonlik bilan qarash, hisobdorlikda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yib, ko‘rsatkichlarni bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari aniqlangan.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘chatlar sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga ekilishi hamda mas’ullarning e’tiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup ko‘chatlar nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgani, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Bu kabi holatlarga respublikaning deyarli barcha hududlarida yo‘l qo‘yilgan.

«Toshkent viloyati Ohangaron tumanida obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup ko‘chat ekilgani qayd etilgan bo‘lsa-da, amalda ko‘chatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun mo‘ljallangan pitomniklardagi qalamchalar bo‘lib, markaziy ko‘chalarga ekilgan ko‘chatlarning 30 foizi sug‘orilmaganligi va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi natijasi qurib, o‘suvchanlik qobiliyatini yo‘qotgan.

Shu kabi, Sirdaryo viloyatida jami 1355 tup daraxt ko‘chatlari, Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida ekilgan 3,5 ming tup ko‘chatlarning yarmidan ko‘pi qarovsizlik oqibatida nobud bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, joylarda mas’ullar tomonidan amalda ekilmagan ko‘chatlarni hisobotlarda qo‘shib ko‘rsatish bilan birga, ko‘chat ekilishi uchun ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilinmoqda.

«Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2435 tup amalda ekilmagan ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilib, budjetdan ajratilgan mablag‘lar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Shu sababli, barcha hududlarda joriy yilning bahor oyida mahalliy budjetlar hisobidan umummilliy loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmoqda.

«Hozirga kelib, o‘z vazifalarini bajarishga mas’uliyatsizlik bilan qarab, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan 29 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoralar rahbarlarining qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalasi hal etilmoqda»,